AQŞ vitse-prezidenti Jozef Bayden Turkiyaga taşrif buyuradi. Bu haqda Turkiya boş vaziri Binali Yildirim ma'lum qilgan.

"15-iyuldan keyin AQŞning qaraşi özgardi va ular quruq sözdan amalga qilişga ötişdi. Bizga vitse-prezident Bayden keladi", - deya hukumat rahbari sözlarini keltiradi Dogan agentligi. Yildirim safar muddatiga oydinlik kiritmagan. 

Rasmiy Anqaraning fikriça, 1999-yildan beri AQŞda istiqomat qilib kelayotgan muxolifatçi Fathulloh Gulen va uning taşkiloti ötgan oy örtasida amalga oşirilgan harbiy isyon uçun javobgardir va davlat hokimiyati hamda biznesida köplab tarafdorlariga egadir. Şu munosabat bilan rasmiy hukumat öz safida tozalaş işlarini olib bormoqda.

"Gulen taşkilotiga aloqasi yöqlarni ajratiş muşkul vazifa. Biz bu borada xato qilmaslikka harakat qilyapmiz. Taşkilotning öz aloqa vositalari bölib, uning 50 mingga yaqin a'zosi bor", - degan Yildirim. 

Boş vazirning ma'lum qilişiça, ayni vaqtda, Turkiyada "76,5 davlat xizmatçisi işdan böşatilgan, 4,8 ming mulozim va 3 mingga yaqin harbiy xizmatçi vazifasidan ozod etilgan".