Hindistonda Jammu va Kaşmir ştatining Punç okrugidagi gavjum bozorda terakt sodir etildi. Noma'lum kimsalar olomon orasiga qölbola bomba uloqtirgan.
Portlaş oqibatida kamida 11 kişi yaralandi, ular asosan mahalliy ziyoratgohlardan biriga ketayotgan ziyoratçilar bölgan. Yaralanganlardan 3 nafarining ahvoli oğir ekanligi ma'lum qilingan.
Terakt uçun javobgarlikni hozirça heç qaysi bir terrorçilik guruhi öz zimmasiga olmagan.
Ştatdagi vaziyat hind xavfsizlik kuçlari "Hizb-ul-Mujahiddin" ayirmaçilik guruhining yetakçilaridan biri bölgan Burhon Muzaffar Vaniyni öldirganlaridan keyin keskinlaşib ketdi.
Hindiston va Pokiston 1947 yildan beri Kaşmir hududiga egalik qiliş uçun bahslaşib keladi. Aynan 1947 yili Hindiston mustaqillikka erişgaç, diniy alomatiga köra ikkita davlatga bölinib ketgan.







