Rio-de-Janeyrodagi Olimpiadada suv sport turlari ötkazilayotgan, Mariya Lenk nomidagi suv havzasidagi yaşil tusga kirgan suv özgartiriladi. Bu haqda Olimpiada taşkiliy qömitasining aloqalar böyiça direktori Mario Andrada ma'lum qildi.
"Biz hozir suvni özgartiriş böyiça keskinroq çoralar körmoqdamiz. Suv polosi va sinxron suziş ötkaziladigan asosiy suv havzasida suv almaştiriladi. Joyda batafsil matbuot-anjuman ötkazilib, unda suv nega yaşil tusga kirgani tuşuntiriladi", deb aytdi Andrada.
Xalqaro suziş federatsiyasi (FINA) Olimpiada iştirokçilarini suv yaşil tusiga qaramay, soğliqqa ziyon yetkazmasligiga işontirişdi.
12 avgustda suvga sakraş musobaqalari ötkaziladigan suv havzasida maşğulotlar bekor qilindi.
Avvalroq suvning sifatidan rossiyalik sinxron suzuvçilar, bir neçta terma jamoa poloçilari şikoyat qilişgandi. Ularning aytişiça, suv havzalarida xlor me'yoridan köp va suvning harorati pastdir.







