Yetti yil avval San-Frantsiskoda smartfon yordamida maşina buyurtma qiliş imkonini beruvçi UberCab nomli startap öz faoliyatini boşladi. Öşandan beri Uber kompaniyasi servislari butun yer şari böylab kengayib ketdi. Kompaniya bugungi kunda 58 mamlakatda xizmat körsatadi va uning bahosi 60 milliard dollardan ortiq baholanadi. Bu oson keçmadi, albatta. Startapning bahosi ösgan bölsa-da, raqobat va taqiqlar bilan kuraşiş oson keçmadi.

  Bugungi kunda ham Uber kompaniyasining yölida avvalgidek tösiqlar paydo bölmoqda - bunda an'anaviy taksi xizmatlari va hattoki öz xodimlarining "hissalari" katta. 

  Uber bugungi mavqeiga erişgunga qadar qanday yöllarni bosib ötdi? Uning boş direktori Trevis Kalanik qanday kunlarni boşidan ötkazdi? 1998 yilning iyun oyi. Scour startapi investitsiyalarning birinçi tranşini Disney korporatsiyasi sobiq prezidenti Maykl Ovits va Yucaipa Companies xususiy investitsiya firmasi vakili Ron Byorkldan qabul qildi. Uşbu loyihada iştirok etiş uçun Kalanik Los-Anjyelesdagi Kaliforniya universitetidagi öqişini ham taşlab ketgan. 

2000 yilning oktabr oyi. Scour bir neça köngiloçar kompaniyalarning taxminan 250 milliard dollarlik da'vo obektiga aylandi va inqiroz  haqida e'lon qildi. 

2007 yilning aprel oyi. Kalanik 2001 yilda özi asos solgan RedSwoosh kompaniyasini 23 million dollarga sotdi va millionerga aylandi. 

2008 yilning dekabr oyi. LeWeb texnologiya konferensiyasida Kalanik keyinçalik Uber'ga aylangan ğoya haqida eşitib qoladi. U telefon yordamida qimmatbaho avtomobillar ijara narxini qanday tuşiriş borasida boş qotiradi.

2009 yilning mart oyi. Qimmatbaho qora avtomobillarni buyurtma qiliş servisi - Uber (u payt UberCab) kompaniyasiga asos solindi. Kompaniyaning birinçi versiyasini Gerrett Kemp, Oskar Salazar va Konrad Uilanlar yaratişgan, Kalanik esa "megakonsultant" rolida qatnaşgan. Uning sözlariga köra, öşa payt kompaniyada uni "boş inkubator" deb ataşgan.