Toşkent şahrining yöl-transport infratuzilmasini yaxşilaş maqsadida Özbekiston mustaqilligining 25 yilligi arafasida keng qamrovli quriliş-montaj işlari olib borilmoqda. 

Haydovçilar va piyodalarga qulaylik yaratiş maqsadida amalga oşirilayotgan işlardan biri Oqtepa maydonini Şota Rustaveli köçasi bilan boğlovçi Muqimiy köçasida davom etmoqda. 

Mobil muxbirning taşviş bildirişiça, yölsozlar öz vazifalarini bajarayotganlarida “xöjakörsinga” usulida bajarib, vazifalariga mas'uliyatsizlik bilan yondaşişmoqda.

Aynan ularning ta'mirlaş işlarini olib boriş vaqtida ogohlantiriş belgilarini qöymasliklari, haydovçilarning ham jismoniy, ham moddiy zarar körişlariga olib kelmoqda. 

Xususan, 14 avgust kuni Bunyodkor prospekti böylab Milliy boğ metrosidan Çilonzor metrosi tomon harakatlaniş vaqtida asosiy yölda harakatlanayotgan Spark avtomaşinasi jiddiy halokatga uçradi. Bunga Muqimiy va Bunyodkor şoh köçasi çorrahasida yölsozlar tomonidan tramvay izlari köçirib olinayotganida kovlangan çuqurçalar sabab bölgan. 

Haydovçi esa, yöl quriliş işlari olib borilayotgani xususida ogohlantiruvçi belgilar bölmagani sabab, uşbu çuqurlardan biriga tuşib ketgan. Çuqurlar uzoqdan körinmagani sabab haydovçida yöldagi xavf borasida şubha uyğotmaydi. Öra borligi yoki ta'mirlaş işi olib borilayotgani töğrisidagi ogohlantiruvçi belgining yöqligi esa, haydovçining diqqatini birmunça susaytirişi aniq.

Şunga köra, belgilangan 70km/soat tezlikdan oşmagan haydovçi ham bexosdan duç kelgan öraga tuşib ketişi heç gap emas. Guvohlarning sözlariga köra, maşina şunçalik jiddiy talofat körganki, uni qayta tiklaşning imkoni bölmasligi mumkin.

Haydovçini maşina içidan çiqarib oliş uçun yarim soat urinişgan va uni şifoxonaga yetkazişgan. 

Yölsozlardan şahar ahli va mehmonlariga qulaylik yaratiş maqsadida qilayotgan işlariga yanada e'tiborliroq va mas'uliyat bilan yondaşişlari sörab qolinadi.