Avstriya politsiyasi 9 nafar iroqlik qoçqinni GFR fuqarosiga nisbatan jinsiy tajovuz qilganlikda gumon qilib, qölga oldi. Voqea Yangi yil keçasi Venada sodir bölgan edi.
Ayblov tomoniga köra, iroqlik qoçqinlar 28-yoşli ayolni hibsga olinganlardan ikki nafari istiqomat qilgan xonadonda zörlagan.
"Gumondorlar, ayolning qattiq mastligidan foydalanib qolişgan şekilli", — deya poytaxt politsiyasi hisobotidan iqtibos keltiradi Frans Press agentligi.
Germaniyalik sayyoh ayol Yangi yilni Avstriya poytaxtining markaziy maydonida kutib olgan bölsa-da, xonadonda qanday qilib paydo bölganini, tajovuz qayerda amalga oşganini xotirlay olmaydi, deb qayd etadi agentlik.







