Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko mamlakat hukumati muhtojlarga doimo kömak körsatişini, biroq odam avvalambor öziga işonişi kerakligini aytdi.
"Belarusda faqatgina dangasagina pul topa olmaydi. Biz nima uruş qilyapmizmi, bizda uruş ketyaptimi yoki yana nimadirmi? Şunçaki ozginça harakat qiliş kerak", deb aytdi Lukaşenko.
Lukaşenko öziga işoniş va "heç kim şunçaki pul ololmasligini" tuşuniş kerakligini ta'kidlab ötdi.
"Yordam beramiz, albatta. Agar siz bir qadam qöysangiz, biz ham siz tomon qadam qöyamiz (butun davlatni nazarda tutyapman). Siz qölingizni osiltirib, kimdir nimadir olib kelişini kutib ötirsangizçi... Unda bilingki, kim istayotgan bölsa öşanga yordam beriladi", deb aytdi Belarus prezidenti.
Uning aytişiça, mamlakat rahbariyati köp farzandli oilalar va harbiylarga köproq e'tibor qaratadi, çunki ular "boşqa joyda pul topiş imkoniga ega emaslar".







