Rio—2016 ning 52 kilogrammgaça bölgan boksçilar örtasidagi musobaqasida Özbekiston şarafini himoya qilayotgan Şahobiddin Zoirov öz yurişini davom ettiradi.
U nimçorak finalda amerikalik Antonio Vargasga qarşi ringga çiqdi va raqibini dastlabki ikki raunddayoq mağlub etib, çorak final masalasini hal qildi.

Şahobiddin Zoirov turnirdagi iştirokini 1/16 finaldan boşlab, birinçi jangida irlandiyalik Brendan Irvinni mağlubiyatga uçratişga muvaffaq bölgandi.

U çorak final jangini 17 avgust kuni Ozarbayjon vakili Mamişzoda Yelvinga qarşi ötkazadi.







