Xalqaro futbol federatsiyalari uyuşmasining (FIFA) sobiq prezidenti Joao Avelanj 101 yoşida, Rio-de-Janeyro şahrida vafot etdi. 

Avelanj 16 avgust kuni kirib kelgan pallalarda hayotni tark etgan. Iyul oyida u zotiljam (pnevmoniya) xastaligi taşxisi qöyilib, şifoxonaga yotqizilgandi. Avelanj  2015 yilning noyabrida va 2014 yilning iyunida ham şifoxonaga tuşgan, ammo tezda unga javob berilgandi.

Rio-de-Janeyro şahrida tuğilgan Avelanj 1936 yilda suziş, 1952 yilda esa suv polosi böyiça Olimpiada öyinlarida iştirok etgan.

Sportçilik faoliyatini yakunlaganidan söng u ma'muriy işlarga ötib ketdi. Avelanj 1955–1963 yillarda Braziliya Milliy olimpiya qömitasi a'zosi, 1963–2011 yillarda esa Xalqaro olimpiya qömitasi a'zosi bölgan.

1974 yilda britaniyalik Stenli Rouz örnini egallagan Joao Avelanj FIFAning yettinçi prezidenti böldi. U Yevropa vakili bölmagan FIFAning birinçi rahbari sifatida qayd etildi.

U 1998 yilga qadar FIFA taşkilotini boşqargan, 90-yillar boşidagi korruptsion mojaroga aloqadorligi haqidagi xabarlardan keyin lavozimini tark etgandi. 2013 yilda Avelanj FIFA faxriy prezidentligidan ham ketgandi.