Suriyaning Halab shahridagi vayronalar ostidan olib chiqilgan 5 yoshli bolakay dunyo jamoatchiligi diqqat markazida turibdi.
Qonga belangan, karaxt ahvoldagi 5 yoshli Umran Daqnesh tez tibbiy yordam mashinasida o‘tirgani tasvirlangan video va fotosurat internet bo‘ylab tarqalib, Suriyadagi urush ramziga aylanmoqda.
Umran Daqneshga tibbiy yordam ko‘rsatgan shifokor u yoshda ekani, uning boshi jiddiy jarohatlanganini tasdiqlagan.
Bi-bi-si agentligining Newshour dasturi boshlovchisi Jyeymi Kamurasami Umranga tibbiy yordam ko‘rsatgan shifokor Abu Muhammadi bilan suhbatlashdi.
Shifokor: Chorshanba kuni kechqurun Umran boshqa yaradorlar bilan birga bizning shifoxonamizga keltirildi. U juda ham qo‘rqib ketgan, lekin yig‘lamayotgandi. U karaxt ahvolda edi. Biz uning qo‘llarini, yuzini yuvdik va boshini amaliyotga tayyorladik.
Jurnalist: Siz uning aynan qayerda va qanday hodisa oqibatida jarohat olganidan xabardormidingiz?
Sh.: U yashagan tuman havodan bombardimon qilingan.
M: Hozirda uning ahvoli qanday?
Sh.: Umranga 2 soatdan keyin, barcha zarur amaliyotlarni bajarganimizdan keyin shifoxonadan javob beriladi. Uning omadi bor ekan, jarohat boshning tashqi qismida va miyada shikastlanish yo‘q.
M: Uning ruhiy holati qay ahvolda? O‘zingiz ham aytdingiz, biz ham videolarni ko‘rdik, u shok holatiga tushgan va indamay qolgan. U oxir-oqibat gapirdimi?
Sh.: Yo‘q, gapirmadi.
M: Aviazarba oqibatida uning oila a'zolaridan kimdir halok bo‘lganmi?
Sh.: Buni men aniq bilamayman, lekin hamkasblarimning aytishicha, uning ota-onasi ham omon qolgan.








