Turkiyada Ahmad Dovudöğli boş vazir bölgan mahalda TIV qoşidagi maxsus maslahatçi hamda kotib hisoblangan diplomat Gurjan Balik qölga olindi. Bu haqda ARA xabar bergan.

Naşr ma'lumotiga köra, Balik Anqara prokuraturasi tomonidan FETÖ nomi ostida olib borilayotgan tadbir doirasida qölga olingan.

Balik 2008-2011 yillarda kotib, 2011-2013 yillarda maxsus maslahatçi, 2013 yilning yanvar-avgust oylarida YuNeSKOdagi BMT maxsus vakili sifatida işlagan. 2013 yilning avgustida u prezident ma'muriyatida taşqi siyosat böyiça boş maslahatçi lavozimiga tayinlangan. 2014 yilning 15 avgustida esa Taşqi siyosat konsultativ kengaşi a'zosiga aylangan. U bu lavozimdan 2016 yilning yanvarida olingandi.

Qayd etilişiça, u Turkiyaning sobiq boş vaziri Ahmad Dovudöğlining "öng qöli" edi.