Xalqaro qiliçbozlik federatsiyasi (FIE) prezidenti, rossiyalik milliarder Alişer Usmonov qiliçbozlik böyiça Rossiya terma jamoasi a'zolarini Italiyadagi uyida mehmon bölişga taklif qildi. Bu haqda terma jamoa boş murabbiyi Ilgar Mamedov ma'lum qildi. 

"Avgust oxiriga Usmonov terma jamoamizni uyiga mehmonga taklif qildi. 27 avgustda biz Usmonovning uyiga uçamiz, 3 sentabrgaça terma jamoamiz vakillari oilalari bilan unikida mehmon böladilar", deb aytdi Mamedov. Rossiya qiliçbozlik federatsiyasi matbuot xizmatida olimpiyaçi qiliçbozlar Italiyada bir hafta ötkazişlarini ma'lum qildi. 

Riodagi Olimpiadada rossiyalik qiliçbozlar 7 ta medal qölga kiritdilar, ulardan 4 tasi oltin, bittasi kumuş va ikkitasi bronza medal böldi. Terma jamoa murabbiylar bilan qöşib hisoblaganda 20 nafardan köproq odamni taşkil qiladi. Usmonovning özi ham qiliçbozlik bilan şuğullangan, bu sport turi böyiça sport ustasi. 1970-yillarda Özbekiston terma jamoasi safida şamşirçi bölgan. FIE’ga 2008 yildan prezidentlik qiladi.