Özbekiston mustaqilligining 25 yilligi arafasida Navoiy viloyati Uçquduq tumani tibbiyot birlaşmasining yangi binosi foydalanişga topşirildi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.
Soğlom ona va bola yilida 7 milliard 500 million söm mablağ evaziga barpo etilgan muassasa 60 öringa möljallangan. “Altintau quriliş” va “Zarafşon ovozi” mas'uliyati çeklangan jamiyatlari quruvçilari tomonidan bunyod etilgan şifo maskanidagi yuqumli kasalliklar, şoşilinç yordam, jarrohlik, bolalar, ginekologiya va tuğruqxona bölimlari zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlangan.
– Yangi muassasa tumanimiz aholisi uçun ajoyib bayram tuhfasi böldi, – deydi tibbiyot birlaşmasi boşliği Zafar Rasulov. – Bu yerda bemorlarga aniq taşxis qöyiş uçun eng sönggi rusumdagi rentgen, UZI, EKG uskunalari örnatilgan. Şuningdek, Mingbuloq va Şalxar qişloq vraçlik punktlarida keng kölamli quriliş-ta'mirlaş işlari amalga oşirilgani aholiga malakali xizmat körsatiş imkoniyatini yanada kengaytiradi.








