Boş prokuratura huzuridagi departament Paxtaobod va Döstlik tumanlari tibbiyot birlaşmalariga işga joylaştirib qöyişni va’da qilgan şaxslar qölga olinganini ma’lum qildi.

Qayd etilişiça, departamentning Paxtaobod tumani bölimi va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir ötkazilgan. Tadbirda Paxtaobod tumani tibbiyot birlaşmasining kadrlar bölimi nazoratçisi B.X. fuqaro M.S.ning işonçiga kirib, uşbu tibbiyot birlaşmasiga işga joylaştirib qöyişi evaziga 500 dollar olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Şu kabi, departamentning Jizzax şahri bölimi va IIB xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda X.E. ismli şaxs fuqaro Ş.A.ning işonçiga kirib, uni Döstlik tumani tibbiyot birlaşmasiga işga joylaştirib qöyişi evaziga 21 million sömni firibgarlik yöli bilan olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.