Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eronlik spiker: Rossiya samolyotlariga Hamadondagi aviabazadan foydalanish taqiqlanmagan
Eron Rossiya jangovar samolyotlarining Hamadondagi aviabazasidan parvozlarni amalga oshirishini taqiqlamagan. Bu haqda Eron parlamenti raisi Ali Larijoniyga asoslanib, RIA Novosti xabar berdi.
U Eron Rossiya bilan terrorizmga qarshi kurashda ittifoqchi hisoblanishini qayd etgan.
Larijoniy rossiyalik uchuvchilarning parvozlari to‘xtatilmaganini aytish bilan birga, na Rossiya va na boshqa biron davlat Eron Islom respublikasida doimiy bazaga ega bo‘lmasligini ta'kidlagan. U Hamadondagi Shahid Nuja bazasi hech kimga doimiy asosda berilmaganligi, balki faqat yoqilg‘i quyish uchun foydalanilishini qo‘shimcha qildi.
Eslatib o‘tamiz, avalroq Rossiya tomonidan Hamadondagi Shahid Nuja harbiy bazasidan foydalanilishi vaqtinchalik to‘xtatilganligi haqida ma'lum qilingan edi.
O‘tgan haftada Rossiya HHK samolyotlari ilk marta Hamadondagi aerodromdan chiqib, IShID marralarini bombalagandi.
Mavzuga oid
18:03 / 27.05.2025
Kanada parlamentining yangi spikeri lavozim kursisiga majburan o‘tqazildi
12:00 / 18.11.2024
Mavluda Xo‘jayeva va Rahim Hakimov spiker o‘rinbosarlari etib saylandi
10:17 / 20.02.2024
O‘zbekiston delegatsiyasi Eronga tashrifi chog‘ida Abu Ali ibn Sino qabrini ziyorat qildi
09:51 / 04.01.2023