«Dunyo» xabariga köra, Abu Ali ibn Sino 1037 yilda vafot etgan va Hamadonda dafn etilgan. Uning qabri ustiga maqbara qurilgan. Maqbara, şuningdek, Ibn Sinoga bağişlangan muzey xonalarini ham öz içiga.
Tabobat olamining uluğ vakili ziyoratidan keyin Özbekiston delegatsiyasi Eronning Bu-Ali Sino fondi raisi va Bu-Ali Sino tibbiyot fanlari universiteti rahbariyati bilan uçraşuv ötkazdi.
Bu-Ali Sino tibbiyot fanlari universiteti vakillari uşbu oliy ta’lim muassasasi faoliyati haqida batafsil ma’lumot berdi. Ta’kidlanişiça, şu kunga qadar universitetni 55 mingdan ortiq talaba tamomlagan. Hozirgi kunda 11 ming talaba tib ilmini örganmoqda. Ularga 450 ta professor-öqituvçilar dars beradi. Universitetda 320 ta yönalişda ilmiy tadqiqot işlari olib borilayotgani bildirildi.
Uçraşuv davomida, şuningdek, ikki mamlakat örtasida ilm-fan, ilmiy tadqiqot, soğliqni saqlaş va texnologiyalar sohalarida özaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantiriş masalalari ham muhokama qilindi.













