Özbekiston prezidenti Islom Karimovning 24 avgust kungi "Özbekiston Respublikasi Mustaqilligining yigirma beş yilligi munosabati bilan davlat xizmatçilari hamda işlab çiqariş va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlaş töğrisida"gi farmoniga binoan 14 nafar 100 yoşdan oşgan özbekistonlik "Şuhrat" medali bilan mukofotlandi.

“Turli viloyatlardan yoşi 100dan oşgan 12 onaxon va 2 nafar otaxonlar, Özbekiston Respublikasi Mustaqilligining 25 yilligi arafasida bilan “Şuhrat” medali bilan mukofotlandi”, — deyilgan prezident matbuot xizmati xabarida. 

Özbekiston prezidenti Islom Karimov uşbu qarorda, öz mehnati bilan xalq orasida obro‘ qozongan turli sohalarning ilğor mutaxasisslarini ham taqdirlagan. Ularga Özbekistonda xizmat körsatgan paxtakor, irrigator, çorvador, pillaçi, sanoat xodimi, quruvçi, transport xodimi, aviatsiya xodimi va aloqa xodimi unvonlari berilgan.    

“Mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini yuksaltiriş va islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oşiriş işlaridagi katta xizmatlari, köp yillik samarali mehnati bilan qişloq va suv xöjaligi, sanoat, transport, aloqa va quriliş sohalarini rivojlantirişga qöşgan salmoqli hissasi hamda ijtimoiy hayotdagi faol iştiroki uçun quyidagilarga faxriy unvonlar berilsin”, — deyilgan qaror matnida.

Taqdirlanganlar röyxati:
Otaliqova Hayitxon - Andijon şahri, Andijon viloyati;
Yesemuratova Olmaxon - Çimboy tumani, Qoraqalpoğiston Respublikasi;
Isayeva Nişon - Baxmal tumani, Jizzax viloyati;
Isroilov Ismoil - Yunusobod tumani, Toşkent şahri;
Madaipova Munavvar Aşurali qizi - Guliston tumani, Sirdaryo viloyati;
Mustafoyeva Töy - Peşku tumani, Buxoro viloyati;
Pirmatova Xursanoy - Yangiyöl tumani, Toşkent viloyati;
Pirmatova Moriyaxon - Namangan tumani, Namangan viloyati;
Rustamov Maqsad - Payariq tumani, Samarqand viloyati;
Rözmetova Yoqut - Xonqa tumani, Xorazm viloyati;
Törayev Hayit - Oltinsoy tumani, Surxondaryo viloyati;
Umarova Huvayda - Buvayda tumani, Farğona viloyati;