"AvtoVAZ" 24 avgustda oçilgan Moskva xalqaro avtosalonida 6 ta yangi kontsept-kar, jumladan mutlaq yangi Lada X-Code modelini namoyiş qildi. Taqdimotda korxona prezidenti Nikolya Mor va Lada dizayneri Stiv Mattin iştirok etdi.

Lada X-Sode Concept modeli Lada modellar qatori kelgusida qanday rivojlantirilişini körsatişga va dizaynerlik ğoyasini namoyiş qilişga çorlangan. Maşina körgazma stendida yorqin yaşil rangdagi kuzov va oq rangdagi tom bilan taqdim qilindi. Model dizayni X-Ray va Vesta uslubida yaratilgan.

"Avtomobil konsepsiyasida bir qator istiqbolli yeçimlar, jumladan turbomotor va töliq privodli transmissiya, avtomobil tizimlarini smartfon yordamida boşqarişga, istiqbolda esa bulutli xizmatlardan foydalaniş imkonini beradigan Lada Connect telematik platformasi qöllangan", deyilmoqda kompaniyada.

Stendda, şuningdek, Vesta va X-Ray avtomobillarining yöltanlamas versiyalarining yangi kontseptlari, Lada Vesta SW Cross Concept modeli, Vesta va X-Ray’ning sport versiyalari namoyiş qilindi.