Zimbabve hukumatida mamlakat prezidenti Robert Mugabe Rio Olimpiadasida iştirok etgan sportçilarni ular birorta medal qölga kirita olmaganlari uçun hibsga olişni buyurgani haqidagi xabar rad etildi.
Mamlakat rahbariyatida politsiya boşliği sportçilarni hibsga olib, ulardan Olimpiadaga tayyorlanişlari uçun davlat tomonidan sarflangan pulni undirib oliş buyruğini olgani haqidagi xabar yolğon deb ataldi.
Zimbabvelik olimpiyaçilar Rioda yetti sport turi: kamondan öq uziş, yengil atletika, ot sporti, futbol, eşkak eşiş, öq uziş va suziş böyiça musobaqalarda iştirok etgandilar.








