Jyeyk ismli Janubiy avstraliyalik mashshoq o‘n yil davomida barabanlarda musiqa ijro etib kelgan va taxminan 2 yil avval oddiy PVX quvurlardan musiqa asbobi yaratishga qaror qildi. U yaratgan asbobdan yangrayotgan musiqa ko‘proq elektron musiqani eslatib yuboradi.

Jyeyk doimiy ravishda tovush bilan tajriba o‘tkazib, uni takomillashtirib keladi. Jyeyk quyidagi videoda yangi musiqiy asbobni namoyish qilgan.