Oʻzbekistonda aholi soni oʻsib borayotgani fonida yildan yilga maktab va bogʻchalarga nisbatan yuklama oshib, bola oʻrni yetishmovchiligi chuqurlashyapti. Ana shunday sharoitda Qashqadaryo viloyatida joylashgan «Shoʻrtan» gaz-kimyo majmuasi tasarrufidagi «Erkatoy» nomli 4 ta bogʻcha sotuvga chiqarildi.
«Erkatoy-1» bogʻchasi - Nishon tumani «Kimyogar» MFY Adolat koʻchasi 68-uyda joylashgan. Bogʻcha 140 oʻrinli, yer maydoni 1,28 gektar. Bino va inshootlarning egallagan umumiy maydoni - 2243 kvadrat metr. Boshlangʻich narxi - 11 mlrd 438 mln soʻm.


«Erkatoy-2» bogʻchasi - Nishon tumani «Kimyogar» MFY Adolat koʻchasi 99-uyda joylashgan. Bogʻcha 140 oʻrinli, yer maydoni 1,12 gektar. Bino va inshootlarning egallagan umumiy maydoni - 2317 kvadrat metr. Boshlangʻich narxi - 11 mlrd 333 mln soʻm.


«Erkatoy-3» bogʻchasi -Qarshi shahri «Neftchi» MFY Jayhun koʻchasi 11-uyda joylashgan. Bogʻcha 150 oʻrinli, yer maydoni 0,96 gektar. Bino va inshootlarning egallagan umumiy maydoni - 4006 kvadrat metr. Boshlangʻich narxi - 34 mlrd 882 mln soʻm.


«Erkatoy-4» bogʻchasi - Gʻuzor tumani «Mustaqillik» MFY Mustaqillik koʻchasi 235-uyda joylashgan. Bogʻcha 140 oʻrinli, yer maydoni 0,53 gektar. Bino va inshootlarning egallagan umumiy maydoni - 2114 kvadrat metr. Boshlangʻich narxi - 10 mlrd 540 mln soʻm.

















