Özbekistonlik kuraşçi Ilhom Bahromov Fransiyada erkin, yunon-rum va xotin-qizlar kuraşi böyiça ötayotgan jahon çempionatida kumuş medalni qölga kiritdi.

 Ösmirlar va yoşlar örtasida Osiyo çempioni, II ösmirlar Olimpiadasi ğolibi Ilhom Bahromov yunon-rum kuraşi böyiça vazni 50 kilogrammgaça bölgan polvonlar örtasidagi bellaşuvlarda eronlik Sayfulloh Muhsin Najodni, AQŞ vakili Randon Dryu Mirandani va gruziyalik Nugzari Tsurtsumiani yengib, ikkinçi örinni egalladi.

4 sentabrga qadar ötkaziladigan musobaqada sportçilarimiz erkin va xotin-qizlar kuraşi böyiça bellaşuvlarda ham qatnaşadi.