Olma-otada Qurbon hayit munosabati bilan milliy sport turlari böyiça musobaqalar ötkazildi.

Hayit namozidan söng boşlangan tadbirlarda 4,5 mingga yaqin kişi iştirok etdi. Barça xohlovçilar qöçqor kötariş, armrestling, ustunga osilib çiqiş, oşiq otiş kabi öyinlarda özlarini sinab körişdi.

Baurjon Abdixayim va Ilyos Jumay 40 kilolik qöçqorlarni mos ravişda 505 va 510 martadan kötarişib ğolibga aylanişdi. 

«Musobaqada qatnaşaymi-yöqmi deb uzoq öyladim. Ammo 505 martalik natijani körganimdan söng öz oldimga 510 marta kötariş maqsadini qöydim. Men har doim raqibimdan oldinda bölişga harakat qilaman, agarda u 600 marta kötarganida, men 605 marta kötargan bölardim», - dedi erkin kuraş böyiça Qozoğiston terma jamoasi a'zosi Ilyos Jumay.