Husayniy 2015 yilda ommaviy muştlaşuv vaqtida odam öldirişda ayblangan.  Qurbonning oilasi sportçini afv etişni rad etgani sababli unga çiqarilgan ölim jazosi öz kuçida qolgan.  

Eronlik kuraşçi, Olimpiya çempioni Hamid Suryan qurbonning oilasidan Husayniyga rahm-şafqat körsatişni söragan, biroq bu urinişlar besamar yakunlangan.   

Olimpiya öyinlarida kuraş sportini nazorat qiluvçi United World Wrestling (UWW) taşkiloti sportçining qatl etilişi bilan boğliq holda bayonot berdi. Jumladan, bayonotda Husayniy milliy yoki xalqaro musobaqalarda iştirok etmagani, u faqatgina hududiy musobaqalarda qatnaşgani ta'kidlangan. UWW vaziyat böyiça aniq tasavvurga ega bölmagunça sportçining qatl etilişiga izoh bermasligini aytgan. 

2020 yil sentyabrda 27 yoşli eronlik kuraşçi Navid Afqariy qatl etilgandi. Afqariy 2018 yil yozida Eronda ötgan norozilik namoyişlarida iştirok etgan. Şundan keyin u politsiyaçini öldiriş ayblovi bilan hibsga olingan. Biroq huquqni himoyalaş taşkilotlari sportçi qiynoqlar ostida jinoyatni öz böyniga olişga majbur bölgani, u siyosiy motivlargagina köra qatl etilganini ta'kidlaşgan.