Rossiya prezidenti Vladimir Putin Bloomberg agentligiga bergan intervyusida Kuril orollari bilan boğliq hududiy tortişuvlarni izohlab, Rossiya «hududlarini sotmasligi» bildirdi.

«Garçi Yaponiya bilan tinçlik şartnomasiga erişiş muhim bölsa-da, biz hududlarimizni sotmaymiz. Biz yapon hamkasblarimiz bilan bu muammoning yeçimini topişni juda ham istardik», — deya Putin sözlarini keltirgan Kreml sayti. 

U, şuningdek, Yaponiya boş vaziri Sindzo Abe bilan Vladivostokda ötkazadigan uçraşuvida Kuril masalasini muhokama qilişini bildirdi. 

Uning ta'kidlaşiça, rasmiy Moskva bu muammoni hal etişni xohlaydi. 

«Agar biz Yaponiya bilan Xitoy kabi özaro oliy darajadagi işonçga erişsak, qandaydir kelişuvga erişa olamiz», — degan Putin agentlikka. 

Bugungi kunda, Rossiya va Yaponiya örtasida tinçlik şartnomasi mavjud emas. Rasmiy Tokio Kuril orollaridagi Iturup, Kunaşir, Şikotan va Xabomai orollariga da'vogarlik qiladi. U, 1855-yildagi ikki tomonlama savdo va çegaralar bitimini asos qilmoqda. Moskva qaraşiga köra, janubiy Kuril orollari Ikkinçi jahon uruşidan keyin SSSR tarkibiga kirgan. Şunga muvofiq, Rossiyaning egaligi borasida xalqaro huquq doirasida heç qanday şubha yöq.