Amerikaning yirik avtomobilsozlik giganti Ford Motors kompaniyasi Şimoliy Amerikada sotilgan 2,3 milliondan ortiq avtomobilini qaytarib oladi. Bunga, maşina eşiklaridagi nosozlik sabab bölgan. Ma'lum bölişiça, yon eşiklar qulflaridagi nuqson ularning harakat vaqtida oçilib ketişiga olib kelgan, deyiladi kompaniya saytida.
Xabarda aytilişiça, eşik qulfidagi nuqson yölovçilarning jarohat oliş ehtimolini kuçaytiradi. Kompaniyaning qayd etişiça, ular xuddi şunday muammo tufayli 3 kişining jarohat olgani töğrisida ma'lumotga ega.
Şunday qilib, Ford Focus (2012-2015 yillarda işlab çiqilgan), Ford Mustang (2015 y), Ford C-MAX va bir neça boşqa modellarning AQŞ, Kanada va Meksikada sotilgan namunalariga texnik xizmat körsatiladi.








