Qozoğiston boş vaziri Karim Masimovning Qozoğiston milliy xavfsizlik qömitasi raisi lavozimiga ötkazilişi unga mamlakat prezidenti Nursulton Nazarboyev yuqori darajada işonişini anglatadi, deb aytdi qozoğistonlik siyosatşunos Eduard Poletayev.
8 sentabrda Nazarboyev Masimovning yangi lavozimga tayinlanişi haqidagi qarorni imzoladi. Uning örniga boş vazir lavozimini birinçi örinbosari Bakitjon Sagintayev vaqtinçalik bajarib turadi.
"Karim Masimov – juda kuçli, yirik siyosatçi, boş vazir va ma'muriyat rahbari bölgan va uning bunday lavozimga tayinlanişi prezidentning unga işonişi va uning siyosiy faoliyatining davomi borligini aanglatadi", deb aytdi siyosatşunos.
"Masimov bungaça ham siyosiy, ham iqtisodiy sohadagi turli lavozimlarda katta miqdorda turli masalalarni hal qiliş bilan şuğullangan va öylaymanki, bu u uçun bajarsa böladigan vazifadir va u özining siyosiy vazni bilan uni töldiradi", deb aytdi Poletayev.
Poletayevning ta'kidlaşiça, Qozoğiston xavfsizligiga tahdidlar orasida terrorçilik aktlari hamda Qozoğistonning janubiy sarhadlarida vaziyatning keskinlaşuvi mumkinligi bor.
Masimov Qozoğiston hukumatini 2007 yildan 2012 yilgaça boşqargan, söngra 2012 yildan 2014 yilgaça Qozoğiston prezidenti ma'muriyati rahbari bölib işlagan. U 2014 yildan yana boş vazir lavozimini bajara boşlagan.








