AQŞning iste'mol tovarlari xavfsizligi böyiça komissiyasining 9 sentabrda e'lon qilgan bayonotida, iste'molçilarga Samsung Galaxy Note 7 smartfonidan foydalanmay turiş xususida tavsiya bergan.

Unga köra, mazkur telefon egalari qurilmalardan foydalanişni töxtatib, batareyasi yonişi ehtimoli sababli, uni öçirib qöyişi maqsadga muvofiq. Hozirda, ma'muriyat Samsung kompaniyasi bilan birgalikda modelni qaytarib oliş şartlari ustida boş qotirmoqda. Xususan, Samsung taklif qilayotgan smartfonlar nuqsonli telefonni almaştirişga mos keladimi-yöqmi?, kabi masalalarga oydinlik kiritiş kerak. 

Avvalroq, Amerika fuqaro aviatsiyasi boşqarmasi (FAA) yölovçilarga uşbu telefonlarni samolyot bortida işga tuşirmaslikni tavsiya qilgan edi. Kanada transport vazirligi va Avstraliyaning qator aviakompaniyalari bundan örnak olgandi.