BMT dunyoning eng xavfli hayvonlari röyxatini taqdim etdi. Ularning aksariyati insonga halokatli kasalliklarni yuqtirişi mumkinligi bilan xavflidir. 

BMT röyxatiga köra, birinçi örinni çivinlar egalladi. Ularning dastidan bir yilda 750 000 nafar kişi hayotdan köz yumadi. Çivinlar şunisi bilan xavfliki, ular odamga bedavo kasalliklarni yuqtiradi. 

Ikkinçi örinda inson qayd etilgan. Bir yilda 437 000 kişi odamzotning aybi bilan halok böladi. 

Inson hayotiga tahdid soluvçi hayvonlar röyxatida uçinçi örin ilonlarga berildi. Bir yilda 100 000 kişi ilon hamlasi tufayli jon beradi. 

Itlar törtinçi öringa loyiq körildi. Ularning dastidan har yili 35 000 kişi halok böladi. 

Şunisi diqqatga sazovorki, eng xavfli jonivorlar röyxatining beşinçi örnida kutilmaganda çuçuk suv çiğanoği (şilliqurti) nomi qayd etildi. Uning aybi bilan har yili 20 000 kişi hayot bilan vidolaşadi.  Bu mavjudot şistosomoz kasalligini yuqtiradi va bu ölimga olib keladi. 

Ulardan keyingi örinda triatom kloplari (Şagas kasalligi qözğatuvçisi) va tsetse paşşalari (letargik ensefalitni qözğatadi) nomlari keladi. Kloplardan yiliga 12 000 kişi vafot etadi, tsetse paşşalardan esa - 10 000. Askaridlar bir yilda 4 500 kişining hayotiga zomin böladi, timsohlar - 1 000, tasmasimon çuvalçanglar esa - 700. 

Dunyoning eng xavfli hayvonlari röyxatidan, şuningdek suyagirli fillar, şerlar, börilar va akulalar örin olgan.