Internet tarmoğida McLaren 650S örniga işlab çiqarilişi kutilayotgan superkar prototipining niqobsiz suratlari paydo böldi. Kupening josuslik suratlari Ispaniyada olingan bölib, uni Italiyaning Automoto jurnali çop etdi.
2017 yil martida Jyeneva avtosalonida namoyiş etilişi kutilayotgan yangi superkar loyihasi içki P14 şartli belgisi bilan ma'lum. Suratlarga köra aytiş mumkinki, kupening bamperlari özgaradi, kuzov old qismining şakli, boş yoritqiç çiroqlari yangiça tus oladi.
Xabarlarga köra, 650S vorisiga kuçaytirilgan 3,8-litrli tvin-turbo sakkiz silindrli motor joylanadi.
Hozirgi McLaren 650S 650 ot kuçiga, 3,8-litrli V8 dvigateli bilan jihozlangan. Motor ikkita stsepleniyali 7 bosqiçli avtomat uzatmalar qutisi yordamida avtomobilni harakatlantiradi. Superkar birinçi yuzlikka 3 soniyada erişa oladi. Eng yuqori tezligiga çeklov örnatilgan bölib, soatiga 333 kilometrni taşkil etadi.









