Amerika harbiy kuçlari Iroqqa bostirib kirişi va u yerdagi uruşda iştirok etişi kerak emasdi. Milliarder Donald Tramp Russia Today telekanali boşlovçisi Larri Kingga bergan intervyusida ana şunday fikr bildirdi.
AQŞ prezidentligiga nomzod arab mamlakatidagi harbiy operatsiyani dahşatli xato bölganini ta'kidladi. Bu uruş Oq uyga katta taşvişlar keltirdi.
Donald Tramp: "Biz uzoq 15 yil Iroqda jang olib bordik va bu uruş haligaça tugagani yöq. Endi esa Yaqin Şarqda nimalar sodir bölayotganiga bir qarang. AQŞ mazkur harbiy operatsiyaga 6 trillion dollar sarfladi. Men bu pullarga ikki marotaba mamlakatimizni qayta qurgan bölardim!"
Tramp raqibi - Hillari Klintonga nisbatan ham munosabat bildirdi. Uning sözlariga köra, bu yerda gap "yoqiş yo yoqmaslik"da emas. U şunçaki Klinton va Obama öz işlarini yaxşi uddalay olişmayapti, deb hisoblaydi. Trampning sözlariga köra, agar raqiblari bu işni uddalaganda u prezidentlikka nomzodini qöymagan bölardi.








