WikiLeaks saytiga maxfiy ma'lumotlarni taqdim etgani uçun 35 yillik qamoq jazosini ötayotgan Çelsi Menning oçlik e'lon qilgani haqida Reuters agentligi xabar qilmoqda.
Amerika armiyasining sobiq askari, jinsini özgartiriş niyati borligi sabab uni Çelsi deb ataşlarini söragan Bredli Menning, jinsini özgartiriş bilan boğliq yetarli tibbiy muolaja körsatilmayotgani sababli oçlik e'lon qilgan. Maxfiy ma'lumotlarni oşkor qiluvçi sayt hamkori, uning hurmati joyiga qöyilişini va insoniy muomalada bölişlarini talab qilayapti.
2015 yildan e'tiboran ayollik gormonlarini iste'mol qilayotgan Çelsining şifokorlari, qamoqxonada uning ayollarga xos soç turmagi qilişga ruxsat berişlarini söragan. Biroq, bunga izn berilmagan. Uning sözlariga köra, dastlab Çelsi bu haqda hurmat bilan iltimos qilgan, endi oçlik vositasida maqsadiga erişmoqçi.








