Google kompaniyasi Chipotle Mexican Grill restoranlari tarmoği bilan Virjiniya Politexnika universiteti talabalariga dronlar vositasida burrito yetkazib berişni sinovdan ötkaza boşladi.
Kompaniya mazkur loyihani amalga oşiriş uçun AQŞ fuqaro aviatsiyasi federal boşqarmasidan ruxsat olgan. Ilk sinovlar 12 sentabr kuni ötkazilgan. Xabarlarga köra, buyurtmalarni yetkaziş uçun Project Wing dronlaridan foydalaniş rejalaştirilgan.
Sinov parvozi Virjiniya ştati Bleksberg şahrida yopiq tarzda amalga oşirilgan. Google vakili Jaklin Millerning ma'lum qilişiça, hozirça kompaniya loyihani batafsil oşkor qilmaydi.
The Roanoke Times jurnalistlari sinov parvozlarini kuzatişga muvaffaq bölgan. Dron 3 metrgaça balandlikdan arqon vositasida burrito solingan paketni yerga tuşirgan. Şundan söng, kompaniya xodimi arqonni kesib, yukni kuzatuv hududiga olib ketgan.
Bu jarayon 30 daqiqalik tanaffus bilan 10 marta takrorlangan. Politexnika universiteti talabalari ham sinovlarning bevosita guvohi bölişgan.








