Tojikistondagi yirik işlab çiqariş korxonalaridan biri, alyuminiy zavodi (TALCO) uşbu metallga bölgan narxning pastligi tufayli, işlab çiqariş prognozlarini ötgan yilgi körsatkiçgaça özgartirdi, deb xabar qilmoqda Reyter agentligi kompaniya rahbariyatidagi manbasiga asoslangan holda. 

"Biz prognoz körsatkiçlarni ötgan yilgi raqamlarga yaqinlaştirgan holda qayta körib çiqamiz", - degan agentlik suhbatdoşi.

Avgust oyida Tojikiston iqtisodiy taraqqiyot va savdo vazirligi taxminlarga köra, 2016 yilgi alyuminiy işlab çiqariş hajmi 11 foizga ösib, 156.000 tonnani taşkil etişi xabar qilingan edi.