Tojikistonda Turizmni rivojlantiriş fondi taşkil etildi va uni  moliyalaştiriş manbalaridan biri fuqarolardan undiriladigan turizm soliği böladi. Bu haqda Asia Plus  xabar berdi.

Joriy yilning 1-iyul kuni hukumat fondni taşkil etiş va uning faoliyatini tartibga soliş töğrisidagi qarorni imzolagan. Fond mablağlari uçun Moliya vazirligi Markaziy ğaznaçilik boş boşqarmasida maxsus hisob raqami oçiladi. Mablağlar fond kengaşi qarorlari asosida sarflanadi.

Yangi mexanizmning muhokamalarga sabab bölayotgan jihati şundaki, fondni moliyalaştiriş manbalari qatoriga mahalliy va xorijiy sayyohlardan olinadigan turli yiğimlar bor. Xususan, Tojikiston fuqarolaridan çet elga sayohat qiliş uçun sotib olgan turistik paketlari qiymatining 5 foizi miqdorida pul undiriş közda tutilapti. Bundan taşqari, fondga xorijiy turistlarning mamlakatdagi har bir sutkalik sayohati uçun turistik paketlaridan olinadigan yiğim, turistik xizmatlar körsatişga ruxsat beruvçi hujjat uçun yiğim, uşbu yiğimlarni tölaşdan böyin tovlaganlik uçun jarimalar, depozitlardan daromadlar, şuningdek, xalqaro moliya taşkilotlarining grantlari va maqsadli mablaği kelib tuşadi.