Yaponiyalik ixtirochi inson salomatligiga jiddiy zarar yetkazishi va hattoki uni o‘ldirishga qodir bo‘lgan suv zambaragini ixtiro qildi.

Bu zambarak tasvirlangan video YouTube’da joylashtirildi.

Unda zambarak qanday ta'sir qilishi tasvirlangan: suv oqimi kompakt-disk va qalin organik oynani sindirishga qodirligini ko‘rish mumkin.

Bundan tashqari, ixtirochi qurilma chizmasini ko‘rsatgan va uning ishlashini izohlab bergan: qurilma ichida siqilgan havo yordamida juda katta bosim yaratiladi.

Yangi qurilmaning oddiy suv otuvchi qurilmadan farqi shundaki, undan otiluvchi suv miqdori katta emas.