30-avgust kuni Koʻksaroy qarorgohida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Hindiston bosh vaziri Narendra Modi oʻrtasida muzokaralar boʻlib oʻtdi. Maʼlum qilinishicha, uchrashuvda Oʻzbekiston – Hindiston strategik sheriklik munosabatlari va koʻp qirrali hamkorligini yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi. Faol va samarali muloqotlar turli darajalarda davom etayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Oʻtgan yil yakunlariga koʻra, tovar ayirboshlash hajmi ilk bor 1 milliard dollardan oshdi. Soʻnggi yillarda qoʻshma korxonalar soni yetti barobarga koʻpaydi. Ikki mamlakat oʻrtasida haftasiga 14 ta toʻgʻridan-toʻgʻri parvozlar amalga oshirilmoqda.

2026-08-30 13.53.09

Shuningdek, taʼlim sohasidagi hamkorlik kengayib bormoqda. Oʻzbekistonda Hindistonning toʻrtta universiteti faoliyat yuritmoqda. Madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Oʻzbekistonda yoga tobora ommalashib borayotgani va ushbu sohadagi hamkorlik faol rivojlanayotgani qayd etildi.

Prezident matbuot xizmatining yozishicha, mazkur tashrif - Oʻzbekiston-Hindiston munosabatlarini keng qamrovli strategik sheriklik darajasiga olib chiqishda muhim oʻrin tutishi taʼkidlandi.

«Bu Oʻzbekiston – Hindiston munosabatlarida yangi bosqichni boshlab berishi va barcha ustuvor yoʻnalishlarda amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish uchun mustahkam zamin yaratishi qayd etildi.

2026-08-30 13.47.05

Tomonlar siyosiy muloqot va almashinuvlarni barcha darajalarda, shu jumladan, parlamentlardagi doʻstlik guruhlari, Hukumatlararo komissiya va Ishbilarmonlar kengashi doirasida faollashtirishga kelishib oldi», deyiladi xabarda.

Shuningdek, muzokaralar davomida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Tomonlar oʻzaro savdo hajmini bir necha barobar oshirish uchun katta salohiyat mavjudligini qayd etib, 2030-yilga qadar tovar ayirboshlashni 5 milliard dollarga yetkazish boʻyicha zarur choralarni koʻrishga kelishib oldi.

2026-08-30 13.47.09