Toshkentdagi Koʻksaroy qarorgohida davlat tashrifi bilan Oʻzbekistonga kelgan Hindiston bosh vaziri Narendra Modini kutib olish marosimi boʻldi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy qarshi olib, shohsupaga taklif etdi.

Ikki mamlakatning davlat bayroqlari koʻtarildi, faxriy qorovul saf tortdi. Oʻzbekiston va Hindiston davlat madhiyalari yangradi.

Yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan oʻtib, rasmiy delegatsiyalar aʼzolarini qutladi. Umumiy suratga tushish marosimidan soʻng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.











