2004 yilda Kayl Apxem (Kyle Upham) va uning qayliği, hozir esa rafiqasi Kristen Santa-Barbaradagi zargarlik dökonlarining birida uzuk qidirişdi. Ulardan taşqari dökonda yana bir xaridor bor edi, ular avvaliga unga yaxşi e'tibor berişmadi.
Noma'lum erkak Kayl va Kristenga qimmatroq taqinçoqlarga qaraşni taklif qildi. Biroq juftlik bunday uzukni sotib olişga qurbi yetmasligini aytadi. Dökonda ular uzoq vaqt suhbatlaşib turişadi va nihoyat ular döstona xaridor aktyor Pol Uoker ekanligini bilib qolişadi. Kayl aktyorga armiyada xizmat qilişi, yaqinda Iroqga ikkinçi marta jönab ketişi kerakligini va safar oldidan bölajak rafiqasiga unaştiruv munosabati bilan uzuk sovğa qiliş istagidaligini aytadi.

Kristen Kaylning askar ekanligini bilgaç, Polning yuzi butkul özgarib ketganini yodga oladi. Biroq ular öşa kuni bunga e'tibor qilişmadi va dökonni heç nima sotib olmay tark etişdi — sababi brilliantlar juda ham qimmat edi.
Biroq ularni oldinda katta sovğa kutardi: ularga dökondan qönğiroq qilib, 9000 dollar qiymatidagi uzukni olib ketişlarini söraşadi. Uzuk haqini noma'lumligiça qolişni istagan inson tölaganini aytişadi. Yoşlar bunday qimmatbaho uzukni kim sovğa qilganini bilişga juda urinişdi, biroq dökon xodimlari faqat jilmayib, uning ismini aytişdan boş tortişdi.
Haqiqat esa 2013 yilda, aktyorning ölimidan sönggina ma'lum böldi. Zargarlik dökonining sobiq xodimi Ayrin King (Irene King) bu hodisani boşqa berkitmaslikka qaror qildi.

Ayrin sözlariga köra, aktyor Kristenga uzuklardan biri juda yoqib qolganini payqaydi, biroq uning sevgilisi bunday qimmat uzukni olişga mablaği yetmasligini aytadi. Şunda Pol uzukni öz hisobiga yozib qöyişni va sovğa sirli bölişini tayinlaydi. Uni öz hayotini xavf ostiga qöygan harbiy xizmatçi bölajak rafiqasiga uzuk sovğa qila olmasligi qattiq ranjitadi. Aktyor bu nohaqlikni töğirlaşga şoşiladi.
Mana şunday qilib, Kayl va Kristen nihoyat sirli valine'mat inson kim ekanligini bilib olişdi. «Bu hayotimda olgan eng sahiy tuhfadir, — dedi Kristen. — Biz bu uzuk va uning hikoyasini avloddan avlodga yetkazişga va'da beramiz».








