Yozuvçi Jorj Martinning «Muz va olov qöşiği» nomli turkum romanlari asosida suratga olingan, fentezi janridagi «Taxtlar öyini» (Game of thrones) seriali AQŞning eng yaxşi televideniye dasturlari mukofoti 68-«Emmi»ning boş sovrindori böldi. Mukofot serial rejissyori Migel Sapoçnikka topşirildi.

Serial efirga uzatilayotgan 6 yil mobaynida qatorasiga ikkinçi marta «eng yaxşi drama» nominatsiyasida ğolib böldi. Serial şu vaqtgaça olgan mukofotlari soni 38taga yetdi.

Serial 2011 yilning aprelidan buyon Time Warner tizimiga kiruvçi HBO telekanali orqali namoyiş etib kelinmoqda. Hozirgaça afsonaning 6 mavsumi namoyiş etilgan, yettinçi mavsumni suratga oliş işlari boşlangan. Yettinçi mavsum premerasi 2017 yil 24 aprel kuni bölib ötişi kutilmoqda.

Bu yönalişda ğoliblik uçun "Daunton abbatligi" (Downton Abbey), "Kartadan qurilgan uy" (House of Cards), "Yaxşisi Saulga qönğiroq qil" (Better Call Saul), "Vatan" (Homeland), "Mister Robot" (Mr. Robot) va Amerikadagi KGB agentlari tarixidagi "Amerikaliklar" (The Americans) seriallari ham da'vogarlik qilgandi.

Siyosiy janrdagi «Vitse-prezident» (Veep) eng yaxşi komediya deb topildi. 

«Emmi» mukofoti 1949 yildan buyon har yili topşirib kelinadi va «Oskar»ning televizion ekvivalenti hisoblanadi.