Özbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi maslahatçisi Behruz Hamzayev amerikalik kinoijodkorlar Özbekiston haqida qiziqarligi böyiça “Taxtlar öyini” serialidan ham ötadigan serial suratga olişlarini ma'lum qildi. Bu haqda Uz24 xabar berdi.

Hamzayevning aytişiça, bu real voqealarga asoslangan özbekça “Taxtlar öyini” böladi. Ta'kidlanişiça, tomonlar Netflix kompaniyasi bilan serialning rotatsiyasi haqida kelişuvga erişişgan.

Serial 10 seriyadan iborat bölib, unda mamlakatimiz tarixining 12-14-asrlariga oid voqealar haqida sözlanadi.

Serial tarixiy bölgani sababli özbekistonlik temuriyşunos olimlar uning ustidan muallliflik nazoratini olib borişadi.

Ta'kidlaş joizki, AQŞning Jacob + Katie Schwarz ijodiy guruhi uşbu serialni suratga olişga 3 oydan beri tayyorgarlik körmoqda. Kompaniya filmni yaratişning barça bosqiçlarini öz zimmasiga olgan, biroq hozirça serialda birorta özbek aktyori iştirok etişi ma'lum qilinmagan.