Fransiyada tasvirga olingan ğayrioddiy tabiat hodisasi aks etgan tasvirlar internetda keng tarqaldi. Kadrlarda tungi osmonni bir zumga qizil spraytlar yoritganini köriş mumkin. Ularning ğaroyib şakli manzaraga fantastik filmlardagi kabi tus bergan.

Spraytlar - momaqaldiroqli böronlar paytida atmosferaning yuqori qatlamlarida paydo böladigan qisqa muddatli elektr razryadlaridir. Ular taxminan 40–100 kilometr balandlikda yuzaga keladi.

Fotograf Florian Riu bu hodisani 16-sentabr kuni Fransiyadagi Montemadjore toğ qişloği ustida tasvirga olgan. Uning aytişiça, tasvirga oliş jarayonini oldindan hisob-kitob qilib, puxta rejalaştirgan.

Natijada fotograf osmonda atigi bir lahza körinadigan qizil çaqnaşlarni kameraga muhrlaşga muvaffaq bölgan. Videodagi spraytlar havoda paydo bölib, bir zumda ğoyib böladigan meduzalarga öxşaydi.

Bunday hodisa odatda bir neça millisoniyagina davom etadi. Şu qadar qisqa vaqt içida paydo bölib yöqolgani uçun bu çaqnaşlarni oddiy köz bilan payqaş juda qiyin. Biroq ularni baʼzan kamera yordamida tasvirga oliş mumkin.