Ijarada yaşovçi ikki ayol Fozila va Gulyuz (ism-familiyalar özgartirilgan) kunlarning birida pul topiş haqida suhbat qurib qolişadi. Ana şunda Gulyuz Fozilaga Dubayga borib işlaşini, bu narsada özi yordam berişi mumkinligini aytadi. Bu haqda “Huquq” naşri yozmoqda.
U yerda nima iş qilişini söragan Fozila Gulyuzning javobidan söng öylanib qoladi. Farzandlarini fahş yöli bilan boqişni istamaydi, ammo köp pul topiş haqidagi gaplar unga tinçlik bermaydi va rozi böladi.
Gulyuz kirakaş tanişi Şohjahondan topgan uşbu odami uçun 100 AQŞ dollari oladi. U tomoni bilan işi yöq edi.
Şohjahon Halilov “mijoz” topilganini eşitib, xursand böldi. Dubayga ketişga rozi bölgan ayolning kimligi uni qiziqtirmas edi. Va'dasiga muvofiq Dubaydan kelgan pulning 300 AQŞ dollarini özida saqlab, qolgan 200 dollarini reja asosida taqsimladi. U Fozilani Qirğiziston orqali Dubayga jönatmoqçi böldi.
Ular yölga çiqişadi. Ammo yölda ularni “Sarmijon” post-patrul xizmatidagilar maşinani töxtatişadi. Boisi huquqni muhofaza qiluvçi idoralarga “vositaçi” Şohjahon Halilov va Gulyuz Xayriyevalarning uşbu qilmişlari haqida tegişli xabar kelgan edi. Bu esa Fozila Habibovaning odamfuruşlari töridan qutilib qolişiga sabab böldi.







