Sport | 11:50 / 23.09.2016
14715
2 daqiqa o‘qiladi

Filipe Luis Suares yetkazgan jarohati suratini namoyish qildi. Suares esa uni ayamadi

«Barselona» hujumchisi Luis Suares «Atletiko» himoyachisi Filipe Luisning «Instagram»ga qo‘ygan suratiga munosabat bildirib o‘tishidan oldin o‘yin vaqtida ham unga yomon so‘zlar aytgan. 

Marca nashri xabariga ko‘ra, urugvaylik futbolchi Filipe Luisga Ispaniya chempionatining 5-turi doirasidagi uchrashuv vaqtida o‘zi bilan to‘qnashuvdan keyin yiqilib maydonga yotib olgan futbolchi yoniga kelgan va unga degan: «Sen o‘zing yiqilding, masxarabozlardek sho‘ng‘iding».

Bundan oldinroq Filipe Luis o‘zining jarohatlangan oyog‘i suratini ijtimoiy tarmoqqa joylagandi. U bu jarohati Suaresning oyoqlari bilan bergan zarbasi tufayli yuzaga kelganini bildirib o‘tgan.

Suratda Luis Suaresning hamlasidan keyingi jarohatdan hali qon sizib turganini ko‘rish mumkin. Urugvaylik futbolchi o‘yin vaqtida «Atletiko»ning braziliyalik himoyachisiga tashlangan, hakam esa David Fernandes Borbalan hujumchiga faqat sariq kartochka ko‘rsatish bilan kifoyalangandi.

Bunga munosabat bildirgan Suares shunday degandi: «Bu futbol. Bu erkaklar o‘yini. Maydonda nima bo‘lsa, maydonda qolishi kerak. Har safar sirk ko‘rsatish kerakmas. Yana takrorlayman, bu haqiqiy erkaklar o‘yini».

«Barselona» va «Atletiko» uchrashuvi 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Uchrashuvda mezbonlar yetakchisi Lionel Messi jarohat olib, 3 hafta muddatga safdan chiqdi.

Manba: Tribuna.uz

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid