17:23 / 25.09.2016
23469

Hafta voqealarining yagona fotojamlanmasi

O‘tgan hafta mobaynida dunyoning barcha burchaklarida o‘ziga xos turli voqealar bo‘lib o‘tdi. Ularning barchasi qiziqarli va diqqatga sazovardir. Ammo ana shu voqealar suratlar orqali qabul qilinsa, u yanada jonlanadi, yanada boyidi.

Boshni ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha operatsiya jonivorlarda muvaffaqiyatli o‘tkazildi

Meksika va AQSh chegarasida narkobaronlarning "zambaragi" aniqlandi

 

Yevro-2020 logotipi taqdim etildi

 

Ginnesning Rekordlar kitobidan joy olgan Ashxoboddagi yangi aeroport fotojamlanmasi

 

Politsiya qurolsiz afroamerikalikni otib o‘ldirishi bilan bog‘liq voqeadan keyin Shimoliy Kaliforniyada norozilik namoyishlari boshlandi.

 

Qozog‘istondagi avtobusda “Nazarboyev”ni ko‘rib qolishdi

 

20 sentabrga o‘tar kechasi, Suriya hukumati o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi kelishuv muddati yakunlanganidan keyinroq Halab viloyati hududida BMTning insonparvarlik yuklari ortilgan karvoni hujumga uchradi.

 

Vinni-Puxning yangi do‘sti pingvin bo‘ladi

 

Xitoylik kishi 5 million dollarga yaqin pul sarflab, Indoneziya havo yo‘llarining Boeing 737 samolyotini restoranga aylantirdi.

 

Xitoyda dunyodagi eng yirik radioteleskop ishga tushdi

 

Internetda tyuning qilingan Spark fotolari paydo buldi

 

Snapchat ichki o‘rnatilgan kamerali quyoshdan saqlovchi ko‘zoynakni taqdim qildi

 

Tez ovqatlanish shaxobchalari tarmog‘i KFC qovurilgan kalamush ishi bo‘yicha o‘z xodimlarini oqladi

 

Venesuelada yangi tug‘ilgan chaqaloqlar kartonli qutilarda saqlanmoqda

 

Xitoyda noodatiy irsiyatga ega bola tug‘ildi: Chjetszyan viloyatida tug‘ilgan bolada 31 ta barmoq – 15 ta qo‘l va 16 ta oyoq barmog‘i bor.

 

AQShda mamlakatning sobiq prezidenti Ronald Reygan va uning turmush o‘rtog‘i Nensi Reyganga tegishli buyumlar qo‘yilgan kimoshdi savdosi bo‘lib o‘tdi. Bloomberg nashrining xabar berishicha, ikki kunlik savdo 5,7 million dollar keltirgan, dastlab bu buyumlar sotuvidan 2 million dollar tushishi prognoz qilingandi.

 

Amsterdamda rassomlar va multiplikatorlar ruchka ishlab chiqaruvchilar bilan birga ijodiy do‘kon ochishdi.

 

Daniyaning Spiri startapi v0.1. elektromobil namunasini namoyish etdi. Firma o‘z kontsept-karini Spiri karpuling xizmatida foydalanish mumkin bo‘lgan «avtomobilning fundamental maketini ishlab chiqish uchun ko‘chma laboratoriya» deya atamoqda.

 

Hindistonning Gujarot shtati aholisi katta bo‘g‘ma ilonning "boshiga yetgan" o‘ljasini yutishining guvohi bo‘ldilar.

 

Boshqirdistonning sobiq rahbari, "Ural" xayriya jamg‘armasi raisi Murtazo Rahimov respublika rahbari Rustem Xamitovning "Ar-Rahim" masjidi qurilishini yakunlashda yordam berish taklifiga javob berdi. Ufada qad rostlayotgan masjid Yevropadagi eng katta masjid sifatida e'tirof etilmoqda.

Mavzuga oid
Top