Daniyaning Spiri startapi v0.1. elektromobil namunasini namoyiş etdi. Firma öz kontsept-karini Spiri karpuling xizmatida foydalaniş mumkin bölgan «avtomobilning fundamental maketini işlab çiqiş uçun köçma laboratoriya» deya atamoqda.
Daniya startapining konsepsiyasiga köra, haydovçilar Spiri avtoparkidagi elektromobillardan tekin foydalanişlari mumkin böladi. Biroq, buning uçun ular özlari ketayotgan yönaliş böyiça biron yölovçini olib ketişlari yoki belgilangan nuqtadan olib ketişlari talab etiladi. Yölovçilar esa yöl haqi tölaşadi. Spiri firmasining va'da berişiça, xizmat töliq işga tuşgaç, yölovçilar uçun çipta narhi şahar jamoat transporti qiymati bilan bir xil böladi.
Spiri v0.1ning kuzovi töliq karbondan yasalgan. Uning konstruksiyasida 700ta element qöllanilgan. Vazni 750 kgni taşkil etadi. Kontsept-karga 36,5 kVt/s quvvatli batareya yordamida harakatlanuvçi elektr dvigatel örnatilgan bölib, Spiri v0.1 320 kmgaça masofani ortda qoldira oladi. Maxsus quvvatlaş stansiyasi yordamida maşinani 40 daqiqada quvvatlaş mumkin.
Bundan taşqari Spiri v0.1 smartfondagi maxsus ilova yordamida oçiladi va işga tuşiriladi. Unga, şuningdek, navigatsiya tizimi ham örnatilgan.
Taxminlarga köra, xizmat 2017 yilda işga tuşiriladi.












