Venesueladagi şifoxonada yangi tuğilgan gödaklarning karton qutilarda uxlayotgani tasvirlangan qalblarni larzaga keltiruvçi bu holat tarmoqlarda tarqalib ketdi. 

Mamlakatda muxlolifat partiya hisoblangan Mesa de la Unidad Democratica tomonidan tarqatilgan suratlarda yoş çaqaloqlarning qoğoz qutida qattiq uxlaşini tasvirlangan. 

Partiya  bolalarga zarur va töğri joy  topib bera olmagan Venesueladagi soğliqni saqlaş sohasining inqirozini bu holatda ayblamoqda. 

Partiya uşbu suratni seşanba kuni özining veb-saytida quyidagi izoh bilan çop etdi: "Dunyo bilib qöysin: Domingo Gusman Lenderdagi yangi tuğilgan çaqaloqlar inkubatorlar yetişmovçiligi tufayli karton qutilarda saqlanadi. 20 sentabr".

Venesuela ijtimoiy ta'minot instituti prezidenti Karlos Rotondaro mamlakat soğliqni saqlaş vazirligini himoya qilgan holda Twitter'dagi suratga, quyidagiça izoh berdi: "Bizning kasalxonalar ayrim OAV berkinib yurişiga qaramay, yuzlab bemorlar haqida qayğuradi. Biz xatoni tan olamiz va işimizda davom etamiz".