Politsiya qurolsiz afroamerikalikni otib öldirişi bilan boğliq voqeadan keyin Şimoliy Kaliforniyada norozilik namoyişlari boşlandi.

Şarlott şahri aholisi Lamont Skottning öldirilişiga qarşi köçalarga çiqqaç, politsiya ularni tarqatiş uçun közdan yoş sizdiruvçi gaz qöllaşga majbur bölmoqda.

43 yoşli afroamerikalikning öldirilişi voqeasi seşanba kuniga ötar keçasi röy bergandi. Politsiya şahar şimoli-şarqida reyd ötkazayotganida, avtomobildan tuşib kelgan qora tanli yigitni körgan. Ularga bu şaxsning qölida avtomat bordek köringan.

Politsiya hisobotida "zobitga mavjud ölim xavfini bartaraf etiş uçun" öt oçilgani qayd etilgan.

Politsiyaçilar bu erkakka birinçi yordamni körsatişga urinişgan, ammo şifoxonada uning ölimi qayd etilgan.

Marhumga öt oçgan politsiyaçi ham qora tanli ekani qayd etilgan.

WSOCTV telekanali xabariga köra, Skottning oilasidagilar uning qurol olib yurmasligini, öşa vaqtda u öz öğlini maktabdan olib ketiş uçun kutib turgan bölganini aytişgan.