Ayiqça Vinni-Puxning yangi dösti pingvin böladi. Bu haqda The Guardian xabar yozgan.

Bu qahramonni yozuvçi Brayan Sibli öylab topgan. U ayiqça haqidagi hikoyalar muallifi Aleksandr Alan Milnning öğli Kristofer Robin Miln bilan tuşgan eski suratlaridan biridan ilhomlangan. Suratda Kristofer ayiqça va pingvin bilan öynab ötirganini köriş mumkin.

Yangi personaj Vinni-Puxning 90 yilligida yaratildi.

«Puxning pingvin bilan uçraşuvi uning Susseks örmonida kenguru hamda yölbars bilan uçraşuvidan köra, noodatiy bölmaydi», – deya izohlagan Sibli.

Sibli tört muallifdan biri bölib, u «Dunyodagi eng yaxşi ayiq» sikveli uçun ertak yozib berdi. Bu kitob 6 oktabr kuni Egmont tomonidan naşrdan çiqariladi. Bu loyihada Pol Brayt, Keyt Sonders va Jin Uillis ham iştirok etgan.

Siblining kitobi «Qiş: örmonda pingvin paydo böldi» deya nomlangan.

Alan Miln hikoyalaridagi öyinçoq ayiqça Vinni-Puxning prototipi kanadalik urğoçi ayiq bölgan. 

Yozuvçi Lindsi Mettikning yangi «Vinnini qidirib» kitobida personajning kelib çiqiş tarixi haqida sözlangan.

Ma'lum qilinişiça, 1914 yilda kiçkina urğoçi qora ayiq kanadalik veterinar Garri Kolbern tomonidan qutqariladi, u ayiqçaga ona şahri şarafiga Vinnipeg (qisqartmasi — Vinni) deb ism qöyadi va London hayvonot boğiga jönatadi. U yerda esa ayiq bilan yozuvçining öğli Kristofer Robin tanişib qoladi. Bola u bilan inoqlaşib qoladi va özining öyinçoq ayiğini uning nomi bilan ataydi. Mettik esa öşa xaloskor veterinarning evarasi hisoblanadi.