UYeFA prezidenti Aleksandr Çeferin, Angliya futbol assotsiatsiyasi raisi Greg Klark hamda London meri Sodiq Xon 2020 yilgi Yevropa çempionatining vizual konsepsiyasini hamda mezbon şaharlardan biri bölmiş London şahri taqdim etgan rasmiy logotipni namoyiş qildi. Bu haqda UYeFA matbuot xizmati xabar tarqatgan.

Yevro-2020 brendining asosiy elementi - köprik hisoblanadi. Bu - birlik va ittifoq ramzidir. Uning markazida Anri Delon kubogi va xuşnud muxlislar tasvirlangan. Turnir logotipida uçraşuvlar ötkaziladigan 13ta şahar köprik orqali boğlangan. Logotip markazida Londondagi maşhur Tauer köprigi tasvirlangan.

Yevro-2020 turniri Yevropa çempionatining 60 yilligida taşkil etiladi. Turnir qit'adagi 13ta şahar böylab ötkaziladi. Yarim final va final bahslari 2020 yilning iyul oyida Londondagi "Uembli" stadioniga belgilangan.

«Yevro-96 turniridan 24 yil ötib futbol yana öz beşigiga qaytdi. London va „Uembli“ taşkilotçilik borasida ulkan tajribaga ega ekani sir emas. Işonamanki, muxlislar, va mehmonlar bu ajoyib şahar tomon oqib kelişadi. Bu şaharda turnirning oxirgi haftasi ajoyib ruhda ötadi. Katta xursandçilik bilan biz Yevro-2020 turnirini köplab şaharlar böylab ötkazamizki, futbol - xalqlar örtasidagi köprikdir va çempionat muxlislarni yanada yaqinlaştiradi», — degan Çeferin.